Savdobek — do'koningizning ishonchli yordamchisi

Kassa, nasiya daftar va ombor — bitta oddiy dasturda

Oziq-ovqat, kiyim, qurilish mollari va boshqa do'konlar uchun tez kassa dasturi: sotuv, nasiya, qoldiq, smena va hisobotlar bir joyda. Internet bo'lmasa ham savdo to'xtamaydi.

  • Internetsiz ishlaydi
  • O'zbekcha ovozli o'rgatish
  • Oylik to'lov yo'q — bir marta to'laysiz
Savdobek kassa oynasi: tez tugmalardagi mahsulotlar, 7 xil tovarli chek, jami 131 500 so'm va «To'lov» tugmasi

Internet yo'qmi?Savdo baribir davom etadi

  • 139 000+tovar shtrix-kod bazasidaskanerlang — nomi o'zi chiqadi
  • 124ovozli ko'rsatmao'zbek tilida, har bir oynada
  • 12tezkor tugmaF1–F12: sichqonchasiz savdo
  • 24/7internetsiz ishlaydisvet o'chsa, internet uzilsa ham

Tanish muammolar

Do'konda har kuni uchraydigan muammolar — va ularning yechimi

Nasiya daftari

Muammo: Daftar to'lib ketadi: kim qancha qarzdor, qachon to'lagan — topish qiyin. Varaq yo'qolsa, qarz ham yo'qoladi.

Yechim: Har bir mijozning qarzi to'liq tarixi bilan: qaysi chek, qachon va qancha to'ladi. Eski daftardagi qarzni ham kiritasiz.

Kassadagi kamomad

Muammo: Kechqurun kassada pul kam chiqadi, lekin qayerda yo'qolganini hech kim bilmaydi.

Yechim: Smena pulni sanab ochiladi va yopiladi, kirim-chiqim yozib boriladi — kassada qancha bo'lishi kerakligi va kamomad darhol ko'rinadi.

Internet uzilishi

Muammo: Internet o'chdi — dastur ishlamay qoldi, xaridorlar navbatda turibdi.

Yechim: Savdobek kompyuterning o'zida ishlaydi: internet bo'lmasa ham sotuv, nasiya va ombor to'liq ishlaydi.

Tugab qolgan tovar

Muammo: Tovar tugaganini xaridor so'raganda bilasiz, qoldiq esa faqat taxminan ma'lum.

Yechim: Qoldiq aniq: kam qolgan tovarlar haqida ogohlantiradi, qoldig'i yo'q tovarni sotishga yo'l qo'ymaydi.

Xodimlar ish haqi

Muammo: Avans, oylik, jarima — hammasi esda yoki daftarda, oy oxirida esa tortishuv.

Yechim: Oylik, kunlik yoki savdodan foiz. Avans faqat ishlab topilgan summa doirasida beriladi, bonus va jarimalar hisobda turadi.

Begona ko'z

Muammo: Kassir kelish narxi va foydani ko'rib turadi, kassaga istalgan odam kira oladi.

Yechim: Har bir xodim o'z PIN-kodi bilan kiradi. Kassir sotadi, lekin tannarx va foydani ko'rmaydi.

Imkoniyatlar

Do'kon ishiga kerak bo'lgan hamma narsa

Kassadan hisobotgacha — har bir bo'lim kichik do'kon ishiga moslab qilingan.

Kassa

Tez sotuv — navbat to'planmaydi

Shtrix-kodni skanerlang yoki nomini yozing — tovar darhol chekka tushadi. Ko'p sotiladigan mollar tez tugmalarda turadi.

  • Tarozi mollari kilogramm yoki summa bo'yicha: «10 000 so'mlik» deyishsa ham bo'ladi
  • To'lov: naqd, karta, nasiya yoki aralash
  • Chegirma, ojidaniya (chekni chetga qo'yish), to'liq va qisman vozvrat, chekni tahrirlash
  • 58 va 80 mm chek chiqarish, F1–F12 tezkor tugmalari
  • Qoldig'i yetmaydigan tovarni sotishga yo'l qo'ymaydi
To'lov oynasi: to'lanadigan summa 131 500 so'm, to'lov turlari — naqd, karta, nasiya va aralash, mijoz bergan pul va qaytim

Nasiya daftari

Qarzlar daftarsiz — hammasi tarix bilan

Har bir mijozning qarzi va tarixi bir oynada: qaysi chek bilan olgan, qachon va qancha to'lagan, qancha qoldi.

  • Daftardagi eski qarzni «boshlang'ich qarz» qilib kiritasiz
  • Nasiyaga sotish va qarz to'lovini qabul qilish — bir necha bosishda
  • Mijoz ortiqcha pul bersa, qaytim o'rniga eski qarziga o'tkazish mumkin
Mijozning nasiya tarixi: daftardan ko'chirilgan boshlang'ich qarz, nasiyaga savdolar chek raqamlari bilan, to'lovlar va har bir qatordan keyingi qoldiq

Mahsulotlar va ombor

Har bir tovar nazoratda

Kategoriyalar, rasmlar, kelish va sotish narxi, ustama va qoldiq — hammasi bitta ro'yxatda.

  • Kam qolgan va tugagan tovarlar alohida ko'rinadi
  • Shtrix-kod yaratish; termal printerda narx yorliqlari va shtrix-kod stikerlari
  • Kirim: ta'minotchidan kelgan tovar qoldiq va narxlarni o'zi yangilaydi
  • Ta'minotchilar qarzi va to'lovlari, hisobdan chiqarish
Mahsulotlar ro'yxati: kategoriya, kelish va sotish narxi, ustama foizi, qoldiq; «Kam qolgan» va «Tugagan» filtrlari

Smena va kassa

Kassadagi pulning har bir so'mi hisobda

Smena kassadagi pulni sanab ochiladi va yopiladi. Kassada qancha pul bo'lishi kerakligini dastur o'zi hisoblaydi.

  • Kassaga kirim va kassadan chiqim sababi bilan yoziladi
  • Smena hisoboti: naqd, karta, nasiya va qarz to'lovlari
  • Kamomad yoki ortiqcha pul darhol ko'rinadi
Smenani yopish oynasi: naqd, karta va nasiya jami, kassada bo'lishi kerak bo'lgan summa, sanalgan pul va «Kamomad: 15 000 so'm»

Hisobotlar

Foydangizni aniq bilasiz

Tushum, foyda, xarajatlar va sof foyda — bugun, kecha, hafta, oy yoki o'zingiz tanlagan davr bo'yicha.

  • Eng ko'p sotilgan tovarlar
  • Soatlar, kunlar va oylar bo'yicha grafik
  • To'lov turlari: naqd, karta, nasiya
  • Xarajatlar va xodimlarga berilgan ish haqi sof foydadan ayiriladi
Hisobotlar: tushum, yalpi foyda, cheklar soni, sof foyda, kunlar bo'yicha tushum grafigi, eng ko'p sotilgan mahsulotlar va to'lov turlari

Yangi imkoniyatlar

Telefon kassasi

Telefondan sotasiz, chek kompyuter printerida chiqadi. Ojidaniyadagi cheklar telefon va kompyuterda umumiy.

Dollar va so'm

Dollar narxli tovarlar, dollar kassasi, mijoz qarzlari ikki valyutada.

Qurilish va xo'jalik mollari

Metr, m², m³, kg, qop, rulon; pachka va optom narx; m² dan quti hisoblash. Smeta va bron (oldindan to'lov), A4 nakladnoy va hisob-faktura (summa so'z bilan), yuk xati, usta bonusi, mijozga alohida narx.

Firma qarzlari

Qarz limiti va to'lov muddati; muddati o'tgan qarzlar alohida ko'rinadi.

Excel

Mahsulotlarni Excel'dan yuklash va Excel'ga chiqarish, hisobotlar ham Excel'da.

Kirill va lotin qidiruv

«sut» deb yozsangiz, «Сут» ham topiladi — tovar qaysi yozuvda kiritilgan bo'lsa ham.

Xodim huquqlari

Narxni o'zgartirib sotish va savdoni tahrirlash — faqat huquqi borlarga. Huquqi yo'q narsa xodimga ko'rinmaydi.

Do'kon turlari

Oziq-ovqat, kiyim, dorixona, qurilish, xo'jalik, elektronika, avtoehtiyot qismlar.

Va yana

Tayyor shtrix-kod bazasi

139 mingga yaqin tovar: shtrix-kodni skanerlang — tovar nomi o'zi yoziladi. Internet kerak emas.

Xodimlar va ish haqi

Oylik, kunlik yoki savdodan foiz. Avans kassadan — faqat ishlab topilgan summa doirasida; bonus va jarimalar.

Rollar va PIN-kod

Kassir va administrator, har biri o'z PIN-kodi bilan. Kassir tannarx va foydani ko'rmaydi.

Bir nechta kassa va filial

Bir do'kondagi kassalar ma'lumotlarni o'zaro sinxronlaydi. Bir necha filialni ham ulash mumkin.

Avtomatik zaxira

Har kuni ma'lumotlarning zaxira nusxasi o'zi olinadi.

Avtomatik yangilanish

Dasturning yangi versiyalari o'zi o'rnatiladi.

Ovozli o'rgatish

Har bir oyna o'zbek tilida ovoz bilan tushuntiriladi. Batafsil

Tezkor tugmalar

F1–F12 bilan kassada sichqonchasiz ishlash.

Tez va oddiy

Ortiqcha narsasiz: katta raqamlar, tushunarli tugmalar.

Internetsiz ishlaydi

Internet bo'lmasa ham savdo to'xtamaydi

Savdobek kompyuterning o'zida ishlaydi va barcha ma'lumotlarni shu yerda saqlaydi. Internet uzilsa ham sotuv, vozvrat, nasiya, kirim va hisobotlar odatdagidek ishlayveradi.

  • Ma'lumotlar kompyuteringizda — internetga bog'liq emas
  • Bir nechta kassa: aloqa tiklanganda ma'lumotlar o'zi sinxronlanadi
  • Har kuni avtomatik zaxira nusxa
  • Internet faqat kassalarni sinxronlash va yangilanishlar uchun kerak
Ovozli o'rgatish: kassadagi qidiruv maydoni yoritilgan, yonida «Skaner va qidiruv» izohi, 12 qadamdan 2-qadam

O'ziga xos imkoniyat

Dastur o'zi o'rgatadi — o'zbek tilida, ovoz bilan

Har bir oynada o'rgatish tugmasini bosing: dastur kerakli tugmani yoritib ko'rsatadi va nima qilishini ovoz bilan tushuntiradi. Yangi kassirni o'rgatishga vaqtingiz ketmaydi.

  • Har bir oyna uchun qadamma-qadam ko'rsatma
  • Oynaga birinchi kirganda o'zi boshlanadi
  • Istalgan payt qayta eshitish mumkin
Namunani tinglang Kassa oynasi, 2-qadam: «Skaner va qidiruv»

«Shtrix-kodni skanerlang yoki mahsulot nomini yozib, Enter ni bosing; F2 kursorni shu yerga qaytaradi. 3 keyin yulduzcha bossangiz, keyingi mahsulot 3 ta qo'shiladi.»

Uskunalar

Qaysi uskunalar bilan ishlaydi

Kassa uchun kerakli asosiy uskunalar — ularni keyinroq ham ulashingiz mumkin.

Kompyuter

Windows 10 yoki 11 o'rnatilgan kompyuter, noutbuk yoki POS-monoblok.

Chek printeri

58 va 80 mm termal chek printerlari.

Shtrix-kod skaneri

USB skanerlar: skanerlangan tovar darhol chekka tushadi.

Yorliq printeri

Termal yorliq printerlari: narx yorliqlari va shtrix-kod stikerlari.

Tarozi

Kompyuterga ulanadigan tarozilar: og'irlik o'zi o'qiladi. Yorliq chiqaradigan tarozilar shtrix-kodi ham tushunadi.

Narxlar

Bir martalik to'lov — oylik to'lov yo'q

Dasturni bir marta sotib olasiz va doimiy ishlatasiz. Kassalar soniga qarab tanlang. Avval bepul sinab ko'ring.

1 kassa

Kichik do'kon uchun

1 990 000so'm · bir marta

  • 1 ta kassa (kompyuter)
  • Barcha imkoniyatlar: kassa, nasiya, ombor, hisobotlar
  • Telefon kassasi (telefondan sotish) — qo'shimcha to'lovsiz
  • O'rnatish va o'rgatish bepul
  • Yangilanishlar bepul
  • Oylik to'lov yo'q
Bepul sinab ko'ring

3 va undan ko'p

Katta do'kon uchun

1 490 000so'm · har bir kassa uchun, bir marta

  • 3 va undan ortiq kassa, ma'lumotlar o'zaro sinxron
  • Barcha imkoniyatlar: kassa, nasiya, ombor, hisobotlar
  • Telefon kassasi (telefondan sotish) — qo'shimcha to'lovsiz
  • O'rnatish va o'rgatish bepul
  • Yangilanishlar bepul
  • Oylik to'lov yo'q
Bepul sinab ko'ring

Narxlar so'mda, bir martalik to'lov. Bepul sinab ko'rish uchun biz bilan bog'laning.

Boshlash oson

3 qadamda ishga tushiring

  1. Bog'laning

    Telegram yoki telefon orqali yozing va dasturni oling.

  2. O'rnating

    Do'kon nomi, ismingiz va 4 xonali PIN-kodni kiriting. Sinab ko'rish uchun 35 ta namuna mahsulot ham yuklanadi.

  3. Soting

    Kassadagi pulni kiritib smenani oching — savdo boshlandi. Har bir oynada ovozli o'rgatish yordam beradi.

Savollar

Ko'p so'raladigan savollar

Internet bo'lmasa ishlaydimi?

Ha. Savdobek kompyuterning o'zida ishlaydi va barcha ma'lumotlarni shu yerda saqlaydi. Internet faqat bir nechta kassani sinxronlash va dasturni yangilash uchun kerak.

Qanday kompyuter kerak?

Windows 10 yoki 11 o'rnatilgan kompyuter yoki noutbuk. Chek printeri, skaner va yorliq printerini keyinroq ham ulash mumkin.

Do'konda bir nechta kassa bo'lsa-chi?

Kassalar bitta do'kon ma'lumotlari bilan ishlaydi: mahsulotlar, sotuvlar, nasiya va qoldiqlar o'zaro sinxronlanadi. Internet uzilsa, har bir kassa ishlashda davom etadi, aloqa tiklanganda ma'lumotlar yangilanadi.

Ma'lumotlarim yo'qolib qolmaydimi?

Dastur har kuni ma'lumotlarning zaxira nusxasini o'zi oladi. Kerak bo'lsa, ma'lumotlarni zaxiradan tiklash mumkin.

Kassir foydani ko'ra oladimi?

Yo'q. Har bir xodim o'z PIN-kodi bilan kiradi. Kassir sotuv qiladi, lekin tannarx va foydani ko'rmaydi — bular faqat administratorga ochiq.

Eski nasiya daftarimdagi qarzlarni kiritsam bo'ladimi?

Ha. Mijozni qo'shayotganda uning daftardagi qarzini «boshlang'ich qarz» qilib yozasiz. Keyingi savdo va to'lovlar shu qarz ustiga tarix bilan yoziladi.

Tarozidagi mollarni qanday sotaman?

Og'irligini yoki summasini kiritasiz: masalan, «10 000 so'mlik» deyishsa, dastur og'irligini o'zi hisoblaydi. Tarozilarni dasturga ulash — tez orada.

Soliq (fiskal) chek chiqaradimi?

Hozircha yo'q. Soliq tizimi bilan integratsiya ishlab chiqish rejasida. Hozir Savdobek do'konning savdo, qarz, ombor va pul hisobini yuritadi.

Dastur qaysi tilda?

O'zbek tilida (lotin yozuvida), do'konchilarga tanish so'zlar bilan: vozvrat, ojidaniya, kirim, chiqim. Ovozli o'rgatish ham o'zbekcha.

Narxi qancha?

Bir martalik to'lov, oylik to'lov yo'q: 1 kassa — 1 990 000 so'm, 2 kassa — 3 490 000 so'm, 3 va undan ko'p — har bir kassa uchun 1 490 000 so'm. O'rnatish, o'rgatish va yangilanishlar bepul. Batafsil — «Narxlar» bo'limida.

Bepul sinab ko'ring

Telefon raqamingizni qoldiring — o'zimiz qo'ng'iroq qilamiz, dasturni ko'rsatamiz va o'rnatib beramiz. Yoki o'zingiz yozing yoki qo'ng'iroq qiling.

Ariza qoldiring

Bir daqiqa ham ketmaydi — ish vaqtida tez orada qo'ng'iroq qilamiz.

Kassalar soni

Raqamingiz faqat siz bilan bog'lanish uchun ishlatiladi.